Dineyra — Yig’layman

To’xtat, nuqta qo’y tuyg’ularga,
Yo’l ochma qayg’ularga,
Tundagi yog’dularga zulmat sochmagin.
Jim bo’l, so’zlamagin endi, bas qil,
Men yoningga qaytmayman bil,
Ko’zlaringni olib qochmagin.

Tinch qo’y endi meni,
Ko’rmay boshqa seni.
Sening ko’zlaringda topa olmadim
Men hech ham sevgimni.

Qaragin bir yomg’irga,
U seni yuvib ketar mening qalbimdan,
Yig’layman to’kmasdan ko’z yosh.
Bera olarman bardosh,
Endi bil, yuragim tosh,
Tosh yurak ila yig’layman, yig’layman.

Menga xiyonat qilding, yetar,
Alamlar qalbim o’rtar,
Armon ko’z yoshim artar,
Mening hayotimdan ket.
Dunyoimni tark et,
Manzilingga bir o’zing yet,
Men ham toparman o’z yo’limni.

Tinch qo’y endi meni,
Ko’rmay boshqa seni.
Sening ko’zlaringda topa olmadim
Men hech ham sevgimni.

Qaragin bir yomg’irga,
U seni yuvib ketar mening qalbimdan,
Yig’layman to’kmasdan ko’z yosh.
Bera olarman bardosh,
Endi bil, yuragim tosh,
Tosh yurak ila yig’layman, yig’layman. (x2)

Endi yolg’izsan, chunki mensizsan,
Yig’la unsiz, bu taqdir.
Tunlari tanhosan, sen yolg’iz dunyosan,
Ko’zingda najot yo’qdir.

So’nggi bor qara ko’zlarimga,
So’nggi bor tingla so’zlarimni,
Qaytmayman xatolarimga men, ishon.
Qaragin dardli bu yomg’irga,
Seni yuvib ketar mening bu hayotimdan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x