Ko`r bo`lsin mening ko`zlarim,
Sening shahlo ko`zlaringni men ko`rmay.
Kar bo`lsin-a quloqlarim,
Sening shirin ovozing eshitmay.
Tilim kesib tashla, isming so`zlamay,
Qo`lim uzib tashla, qo`llaring ushlamay.
Oyog`imdan mahrum qil, yura olmay,
Eslarimni sarson qil, seni eslamay.
O`, eslamay ham kuymayin,
Sen baxtli yashagin-u, men o`layin.
O`layin va qayta tirilayin,
Ertadan yangi hayotim boshlayin.
Bor uyimdagi narsamni sindir,
Yondirib yubor mening kiyimlarim.
Mayda-mayda, maydalab tashla,
Mening aftim bor rasmlaring.
Suvda cho`ktir meni, sen deb yonmay,
Meni bo`g`ib qo`y, sen bilan nafas olmay.
Meni zaharla, ko`p qiynamay,
Meni o`ldir, yol`giz sen deb yashamay.
O`, eslamay ham kuymayin,
Sen baxtli yashagin-u, men o`layin.
O`layin va qayta tirilayin,
Ertadan yangi hayotim boshlayin. (x1+x1)
Ko`r bo`lsin mening ko`zlarim,
Sening shahlo ko`zlaringni men ko`rmay.
Kar bo`lsin-a quloqlarim,
Sening shirin ovozing eshitmay.