Diyor Mahkamov — Sevar edim

Ne dilda, ne hayotda borligin unutdim,
Ne bo`lsa, sen deb bo`ldi bu qalb.
Ne kunlarga qoldi bu jon, der edi ko`nglim,
Qaytar sabr, dedim yurak.

Shu bo`lsa nahotki, men izlagan baxtim,
O`yla, senga bir kun oshiq bo`lmadim.
Sen birla o`tmishda qoldi go`zal umrim,
Sendan qolib ketdi ko`nglim.

Bir zamonlar sevar edim,
Seni mendek sevar dedim, ishondim.
Seni so`ngsiz va yolg`onsiz,
Qarshiliksiz, zamonsiz sevardim.

Ko`ngil har kun bir yeridan
Yaralandi ketgan kuningdan, unutma.
Seni kecha sevganim kabi,
Sevolmayman Majnun singari, ortga qaytma!

Urildim va yiqildim, sevgidan tilandim,
Sen-la bo`lsam deya har kun.
Sevgingni sevgimdan ham ustun deb bilardim,
Yig`lar sevgimiz bugun.

Shu bo`lsa nahotki, men izlagan baxtim,
O`yla, senga bir kun oshiq bo`lmadim.
Sen birla o`tmishda qoldi go`zal umrim,
Sendan qolib ketdi ko`nglim.

Bir zamonlar sevar edim,
Seni mendek sevar dedim, ishondim.
Seni so`ngsiz va yolg`onsiz,
Qarshiliksiz, zamonsiz sevardim.

Ko`ngil har kun bir yeridan
Yaralandi ketgan kuningdan, unutma.
Seni kecha sevganim kabi,
Sevolmayman Majnun singari, ortga qaytma!

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x