Farrux Xamraev — Eslaging kelsa

Mening baxtli bo`lishimni, jonginam, xohlasang,
O`zing ham yoring bilan doimo baxtli yasha.
Mening doim kulishimni, jonginam, xohlasang,
O`zing ham faqat kulib, yig`lamay, kulib yasha.

Mening uzoq yashashimni, jonginam, xohlasang,
O`tmishni esga olmay, doimo olg`a yasha.
Yana meni unutishni, jonginam, xohlasang,
Xazonlar ostida deb u, endi yo`q u deb yasha.

Meni urishni xohlasang, qo`ling devorga urma,
Yoring tashvishga qo`yib, xavotirga uni solma.
Ko`zlarimni ko`rmoqni gohida sen xohlasang,
Ko`zlaringdan tomsin yosh, o`sha munchoq ko`zimdir.

Yana meni sog`inib, iforimni xohlasang,
Ro`molchangni hidlagin, unda mening isim bor.
Yana yuzimga tarsak urishni sen xohlasang,
Soyangga qarab urgin, o`sha soyang o`zimman.

Tunlari bedor bo`lib, uyg`onib uxlolmasang,
Yoringni bag`ringga bos, faqat u sengadir mos.
Adashib ismim takror yana-yana eslasang,
Mana bo`ldi jonim to`y, farzandingga ismim qo`y.

Qayg`u hamda xursandchilik boshimda bor qismat ekan.
Qayg`uyim bu mendan seni ketganing bo`lsa,
Xursandchiligim esa seni yoring bilan baxtli ko`rganim.

Mayli yoring baxtini asragin, ortiq meni eslashga urinma,
Bizning o`tmishimizni endi bir tush deb faraz qilaver.
Mendan ketmaganingda balkim bundanda go`zal hayotni
In’om etgan bo`larmidim.
Balkim ayb senda emasdir,
Ota-onang yuzlarini yerga qaratmaslik uchun
Shunga majbur bo`lgandirsan.

Ne bo`lsa hamki sen baxtlisan,
Endi, endi unutgin o`sha sevgimizni, baxtli kunlarimizni,
Mening yonimni olib, men tarafda bo`lgan do`stlaringni gaplarini.
Chunki sen baxtlisan, mening hamma baxtim shudir,
Seni juda so`gindim,
Lekin endi seni sog`inishga haqqim bormikin…

Yoringni baxtli qilgin, orzularinga yetgin,
Mensiz, mensiz orzularingga yetgin. (x2)

Tunlari bedor bo`lib, uyg`onib uxlolmasang,
Yoringni bag`ringga bos, faqat u senga mos.
Adashib ismim takror yana-yana eslasang,
Mana bo`ldi jonim to`y, o`g`lingga ismim qo`y.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x