Eldido guruhi — Jonim seni

Seni ko’rgan kundan beri tunlarim bedor,
Bora-bora men ovora, yo’q menda mador.
Ko’zlaringni ko’rganimda ko’zimda quvonch,
Hayotimning mazmunisan, so’zimga ishon.

Sevgim yagona, bir dona,
Man yona devonaman,
Yoningda bo’lsam ham, jonim,
Baribir senga begonaman.
Woow-ye-yeah, devonaman jonim,
Begonaman jonim.

Seni sevib, sevgi osmonida uchaman,
Jonim, sevib, sevgi ummonida suzaman,
Jonim, sening sevging menga darmon,
Orzuimsan, bo’lma armon, jonim.

Sening sevging menga darmon,
Orzuimsan, bo’lma armon, jonim.

Bu labingdagi xoling maftun etgan meni,
Shu so’zingdagi boling majnun etgan meni.
Jonim, qaragin ko’zimga, borim, ishongin so’zimga,
Seni jondan sevaman, yor bo’lgin o’zimga.

Yorim bo’lsang, jonim bo’lsang,
Yuragimni senga baxsh etarman.
Sensiz dunyo tordir menga,
Bu dunyoda sensiz netarman?
Woow-ye-yeah, begonaman jonim,
Devonaman jonim.

Seni sevib, sevgi osmonida uchaman,
Jonim, sevib, sevgi ummonida suzaman,
Jonim, sening sevging menga darmon,
Orzuimsan, bo’lma armon, jonim.
Sening sevging menga darmon,
Orzuimsan, bo’lma armon, jonim. (x2)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x