Fazo — Janob hech kim

To`xtamaydi bu dunyo bir zumga ham,
Gohida baxt, gohida esa alam,
Darding esa yolg`iz o`zingga ayon.
Har kuning boshlanar xayolingda yana u,
Yashaysan hayoting to`la qayg`u,
Ma’yus tikilar osmon.

Sinadimikan-o hayot, qaytmasmikinsan-o nahot,
Shundog`am yetadi darding, qalbing etma nam.
Dunyoda o`zing ayt kimsan, javob yagona – hech kimsan,
Poyoniga yetdi sabring u ketgan bu dam.

Janob hech kimdirsan, janob hech kimdirsan,
Hayot shunaqa – yaxshiliklaring javobsiz qolar,
Umring esa o`taverar. (x2)

Yashadingda, har neni ko`rib bo`lding,
Keragini sen so`rab bo`lding,
Qalbingda esa yig`laydi muhabbat.
Yillaring o`tadi, noming yo`q sening hamon,
Qalbingda yashaydi nega armon,
Nahot hech kimsami abad?

Sinadimikan-o hayot, qaytmasmikinsan-o nahot,
Shundog`am yetadi darding, qalbing etma nam.
Dunyoda o`zing ayt kimsan, javob yagona – hech kimsan,
Poyoniga yetdi sabring u ketgan bu dam.

Janob hech kimdirsan, janob hech kimdirsan,
Hayot shunaqa – yaxshiliklaring javobsiz qolar,
Umring esa o`taverar. (x2)

Janob-janob hech kim asta
Yashaydi dunyoda, orzulari pastda.
Aslida kim – hech kim,
U bo`lmasa kimdir yasholmas-mas,
Nahot shuni anglamaslar?

Yuragi sindi mashaqqatlardan,
Hech kim uning yaxshiliklariga baho berolmas.
Arzon umri bedor, bechora xor-u zorde,
Orzulari osmon, o`zi esa oddiy hech kim.

Janob kech kim… {x3}

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x