GAUPTMAN

GAUPTMAN (Hauptmann) Gerxart (1862.15.11, Oberzalsbrunn — 1946.6.6, Agnetendorf) — nemis yozuvchisi. Nemis adabiyotida naturalizmnk boshlovchilardan. Ilk ijodida ijtimoiy tanqid, biol. qonuniyatlarini mutlaqlashtirish («Kun chiqish oldidan», 1889; «Roza Bernd», 1903; «Kun botish oldidan», 1932, dramalar) sezilarli darajada boʻlsa, keyinroq ramziy («Choʻkkan qoʻngʻiroq», 1896, drama-ertak), tasavvufga moyil boʻlgan. «Toʻqimachilar» (1892) dramasi Sileziya toʻqimachilari qoʻzgʻoloni haqida. «Qishki ballada» (1917), «Xaloskor Beliy» (1920), «Indipodi» (1920) dramalari, «Buyuk Ona orol» (1924), «Yoshlik davrim sarguzashtlari» (1937) va b. romanlar muallifi. Nobel mukofoti laureata (1912).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x