VESELOVSKIY Nikolay Ivanovich

VESELOVSKIY Nikolay Ivanovich (1848—1918.12.4) — rus arxeologi va sharqshunosi. 1890-y. dan Peterburg un-ti prof. Peterburg FA ning muxbir aʼzosi (1914). Turkiston tarixi va arxeologiyasini oʻrgangan. Turkiston tarixi, etn. siga oid bir qator maqolalar nashr ettirgan. 1885-y. arxeologik qazishlar olib borish uchun Turkiston oʻlkasiga yuborilgan. Afrosiyobda arxeologik qazish ishlari olib borgan. Samarqanddagi 14—15-a. obidalari — masjid va yodgorliklar albomi va Amir Temur maqbarasi naqshlarining rangli jadvalini tuzib, nashr ettirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x