VVEDENSKIY Nikolay Yevgenyevich [1852.16(28).4 – 1922.16.9] – rus fiziologi, I. M. Sechenovning shogirdi. Peterburg FA akad. (1909). Ilmiy tadqiqotlari hayvon toʻqimalarining har xil taʼsirotga javobini tekshirishga bagʻishlangan. Vvedenskiy tirik sistema faqat taʼsirotlar taʼsirida oʻzgarib qolmasdan, balki oʻz faoliyati jarayonida ham oʻzgarishi mumkin degan xulosaga kelgan; bu bilan birinchi boʻlib fiziologiyaga «vaqt omili» tushunchasini kiritgan. Vvedenskiy nerv-muskul apparatini nerv tolalari, nerv uchlari va muskullardan tashkil topgan turli qismlari har xil harakatchanlikka ega boʻlgan hosila deb qaragan. Parabioz tugʻrisidagi taʼlimotga asos solgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые