AERENXIMA (aero… va yun. enchima — quyilgan, bu yerda toʻqima) — oʻsimliklarning nafas olish funksiyasini bajaradigan havo saqlovchi toʻqimasi. Aerenxima ancha keng hujayralar oraligʻi va har xil shakldagi hujayralardan tashkil topgan parenxima hisoblanadi. Baʼzan Aerenxima tarkibiga mexaniq ayiruvchi va b. xil hujayralar ham kiradi. Aerenxima gaz almashinuvi va ichki toʻqimalarning kislorod b-n taʼminlanishi qiyinlashadigan muhitda oʻsadigan suv va botqoq oʻsimliklari (sholi, kurmak, qamish, qiyoq)da rivojlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые