ASHTARXON XONLIGI

ASHTARXON XONLIGI (Astraxon xonligi) — Oltin Oʻrdaning inqirozi natijasida vujudga kelgan davlat. Poytaxti — Ashtarxon sh. (hoz. Astraxon). 14-a. da Oltin Oʻrda amiri Hoji Cherkas Ashtarxon sh. ni bosib olib, uni alohida mulkka aylantirgan, taxm. 1459—60 y. larda esa bu mulk uzil-kesil mustaqil boʻlib olgan. Ashtarxon xonligining birinchi hukmdori — Katta Oʻrda xoni Ahmadning birodari Mahmud boʻlgan. Xonlikning taxm. hududi: sharqda Noʻgʻay Oʻrdagacha, jan. da Terek, gʻarbda Kuban va Don daryolarigacha, shim. da Saroy sh. gacha. Aholisi turkiyzabon qabilalardan iborat boʻlib, asosan koʻchmanchi chorvachilik, qisman baliq ovlash, ovchilik va dehqonchilik b-n shugʻullangan. Ashtarxon yaqinidan tuz qazib olingan. 1556-y. A. x. rus qoʻshinlari tomonidan bosib olingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x