BURUN QONASHI — burun boʻshligʻidan qon kelishi. Burunning lat yeyishi yoki shilliq pardasining zararlanishi (tirnalishi, shilinishi, burunni kovlash), organizmning umumiy, asosan, yuqumli kasalliklari (mas, gripp) B. q. ga sabab boʻladi. Yurak, buyrak, jigar, qon yaratuvchi aʼzolar kasallanganda, qon bosimi oshganda ham burun qonaydi. Baʼzan atmosfera bosimi, havo harorati va namligi oʻzgarganda, shilliq pardaga muntazam kimyoviy moddalar taʼsir etganda, shuningdek jazirama issiq kunlarda ham Burun qonashi kuzatiladi. Burun qonaganda qon tashkariga chiqmay, baʼzan halqumga qarab oqishi va burni qonayotgan kishi uni bilmay yutib yuborishi ham mumkii. Bunda birdan qon qusish burun qonayotganining aniq belgisi hisoblanadi. Baʼzan qiziloʻngach yoki meʼdadan kelayotgan qon ham burundan qon ketishiga sabab boʻladi. Burun qonaganda boshni baland qilib yotqizish, burun katagiga vodorod peroksid shimdirilgan paxta yoki doka tiqin qoʻyish, iloji boricha qonni toʻxtatish chorasini koʻrish lozim. Muzdek suvga latta hoʻllab qansharga bosish, toʻxtayvermasa ensaga muz solingan xalta qoʻyish, bular yordam bermasa vrach chaqirish kerak. Botbot Burun qonashi biror kasallik alomati boʻlishi mumkin, bunday hollarda, albatta, tibbiy tekshiruvdan oʻtish zarur.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые