DIXROMATLAR, bixromatlar — bixromat kislota N2Sg2O7 ning normal tuzlari. Xromatlar eritmasiga kislota qoʻshish natijasida hosil boʻladi. Umumiy formulasi M2Sg207. D. dan kaliy bixromat K2Sg2O7 zaharli, suvda yaxshi erimaydigan qizil-qoʻngʻir rangli kristall. Dixromatlar lab. da oksidlovchi sifatida, texnikada esa tolalarni boʻyashda, chitga gul bosishda, gugurt va koʻn sanoatida ishlatiladi. K2Sg2O7 bilan konsentrlangan sulfat kislotaning teng hajmdagi aralashmasi (xromli aralashma) lab. larda kimyoviy jihozlarni yuvishda qoʻllaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые