AKKERMAN KONVENSIYASI — Rossiya bilan Turkiya oʻrtasida 1826-y. 7 okt. da Akkerman sh. da tuzilgan shartnoma. 1812-y. gi Buxarest sulhinn toʻldirgan. Moldaviya, Valaxiya va Serbiyaning imtiyozlariga rioya qilinishi yuzasidan Turkiya majburiyat olgan. Rossiya savdo kemalariga Turkiya hududiy suvlarida suzib yurish, rus fuqarolariga esa barcha turk viloyatlarida savdo qilish huquqi berildi. Rossiya va unga dust davlatlar turk boʻgʻozlaridan ham bemalol foydalanadigan boʻldi. Akkerman konvensiyasi Rossiyaning Yaqin Sharq va Bolqondagi mavqeini mustahkamlashda muayyan rol oʻynadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые