AKBAROV Ilyos Akbarovich

AKBAROV Ilyos Akbarovich (1909.5.5, Toshkent) — oʻzbek musiqashunosi. Birinchi oʻzbek musiqa folklorshunoslaridan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1956). Sanʼatshunoslik in-tida ilmiy xodim (1932—39), direktor (1943—48), «Oʻzdavnashr»da musiqa boʻlimining mudiri (1934—40), Toshkent musiqa bilim yurti (1930—42), Toshkent davlat konservatoriyasi (1943-y. dan)da oʻqituvchi, musiqa nazariyasi kafedrasi mudiri (1963—90), prof. (1979-y. dan). Fargʻona vodiysi va Xorazm viloyatlarida oʻzbek va uygur xalq kuylarini toʻplab, ayrimlarini nashr ettirgan: «Oʻzbek ashulalari» (M., 1934, H. Muhamedova b-n hamkorlikda), «30 ashula» (M., 1935), «Oʻzbek xalq qoʻshiklari» (T., 1939), «Muqimiy va Furqat ashulalari» (T., 1959) va b. Ilk oʻzbek bolalar qoʻshiklari («Biz kuylaymiz», T., 1939), «Musiqa lugʻati» (T., 1987, 2-nashri —1997), darslik va uslubiy qoʻllanmalar muallifi. «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (2000).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x