BORNEOL

BORNEOL, bornil spirt, SSHN„O— bitsiklik terpenlar guruhiga mansub ikkilamchi spirt. Mol. m. 154,25; kamfora hidli, rangsiz kristall modda. Zichligi 1020 kg/m3, suyuqlanish t-rasi 208,5ʻ, qaynash t-rasi 212°. Ikki izomeri maʼlum. Borneo va Sumatra o. laridagi Dryoba lanops camphora daraxtida, shuningdek baʼzi moylar tarkibida boʻladi. Borneol spirt, efir, benzol va ligroinda eriydi; suvda kamroq eriydi. Borneoldan turli reaksiyalar yordamida kamfora, kamfen va ularning turli hosilalari olinadi. Borneol va uning efirlari kamfora i. ch. da, atirupa sanoatida va oziq-ovqat essensiyasi tayyorlashda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x