OSMON SFERASI

OSMON SFERASIosmon yorit-qichlarining vaziyatini kursatib be-ruvchi hayoliy va ixtiyoriy radiusli sfera. Yoritqichlarning oʻrnini va uning koʻrinuvchi harakatini oʻrganishda osmon koordinatalaridan foydalaniladi. Osmon sferasining tekislikdagi proyeksiyasi aylana. Kuzatuvchi Osmon sferasi markazida turadi va u turgan joyining uz meridiani mavjud buladi. Kuzatuvchi turgan nuqtadagi shoqulning yunalishi vertikal chiziq (ZZʻ) deb ataladi. Vertikal chiziqning Osmon sferasi bilan kuzatuvchining tepasida (ufq yuqorisida)kesishgan nuqtasi zenit (Z) va unga diametral qarama-qarshi tomonda kesishgan nuqtasi nadir (Zʻ) deyiladi. Z va Zʻ nuqtalaridan oʻtgan vertikal chiziqqa utkazilgan katta aylana vertikal aylana yoki vertikal deyiladi. Vertikal oʻqqa perpendikulyar qilib oʻtkazilgan katta aylana (SWNE) ufq tekisligidir. Kuzatuvchi Osmon sferasining faqat ufq tekisligidan yuqorida joylashgan yoritqichlarni kuzata oladi.

Osmon yoritqichlari sutka davomida Yer atrofida (olam oʻki RRʻ atrofida) koʻrinma harakatda boʻladi. Olam oʻqiga oʻtkazilgan perpendikulyar aylanalar sutkalik paralellar, ularning eng kattasi esa osmon ekvatori deyiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x