OSIYOCHA ISHLAB CHIQARISH USULI

OSIYOCHA ISHLAB CHIQARISH USULI — qad. jamiyat rivojlanishining alohida bosqichi tasnifi. Bu tushuncha dastlab 1859-y. da K. Marks tomonidan kiritilgan boʻlsada, oʻtgan asrning 20—30 – va 60—80-y. larida ijtimoiy fanda keskin tortishuvlarga sabab boʻldi, lekin oʻzining uzil-kesil yechimini topmadi.

Ikki ming yil oldin paydo boʻlgan i. ch. ning bu usuli Meksika, Peru, Shumer, Qad. Xitoyda, hatto Rossiyada mavjud boʻlgan degan fikrlar ham bor. Osiyocha iqtisodiyotning mil. av. 8—4 a. larda qad. Spartada, 3—1 a. larda Misrda, 6—14 a. da Vizantiya imperi-yasida va, nihoyat, 1917—1991-y. larda sobiq Sovet Ittifoqida amal qilgani maʼlum.

Osiyocha ishlab chiqarish usulining mohiyati ayrim mintaqalarda kishilar faoliyatining moddiy shart-sharoitlari va xususiyatlari bilan belgilanadi. Bu xususiyatlarni 3 yoʻnalishga ajratish mumkin: katta miqyoslarda i. ch. ning muvofiklashtirilishini talab qiladigan ijtimoiy mehnat taqsimoti va mehnatini koo-peratsiyalashning alohida turi mavjudligi; resurslarning (tabiiy, moddiy) cheklanganligi; mehnat resurslarining keragidan ortiq darajasi. Osiyocha ishlab chiqarish usulining asosiy xususiyati yerga davlat mulkchiligining amal qilishidir. Davlatning alohida xoʻjalik roli xuddi ana shundan kelib chiqadi. Yerga davlat mulkchiligi qishloq jamoalari tizimi b-n qoʻshilib ketib, bu i. ch. usuli faoliyatiga keng yoʻl ochib beradi. Bunday sharoitda hokimiyatga alohida dehqon yoki hunarmand emas, jamoaning demokratik tashkiloti roʻbaroʻ turadiki, ular oʻz navbatida davlat oldida jamoa aʼzolari manfaatlarini himoya qiladi. Bu tipdagi iqtisodiyot hokimiyat va mulkning yagonaligiga va markazlashgan xoʻjalik yuritishga asoslanadi. Shuning uchun uni «hokimiyat — mulk» tizimi deb ham atashadi. Davlat tizimi ustiga qurilgan i. ch. usuli biqiklikka, yaʼni boshqa tizimlardan aloxdda yashashga moyil boʻladi.

Bu i. ch. usulida jamoaning oʻrni alohida. Osiyo tipidagi jamoa oʻzining mustahkamligi va monolitligi bilan ajralib turadi.

Osiyocha ishlab chiqarish usuli xoʻjalikni markazlashgan tartibda yuritishni taqozo etadi. Chunki oddiy mehnat kooperatsiyasini katta hududlarda keng miqyosda tashkil etish (kanallar qazish, toʻgʻonlar qurish, tabiiy ofatlarga qarshi kurashish) zarur edi. Bunday sharoitda alohida fuqarolarning manfaati, kichik guruhlar (oila, jamoa, mehnat jamoasi) manfaatiga, ularniki katta guruh (tabaqalar, kastalar) manfaaatlariga, keyingilarniki esa davlat manfaatlariga toʻla boʻysundiriladi. Natijada davlat fuqarolarning barcha hattiharakatlari va, hatto, fikrlash tarzi ustidan ham toʻliq nazorat oʻrnatadi.

Osiyocha ishlab chiqarish usuli qisqa muddatlarda mas, 15 — 20 y. lar ichida salmokli, aytaylik, yiliga 20% gacha iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlashga qodir. Uzoq muddatlarda, mas, 50 y. mobaynida esa bu tizim erishilgan darajani saklab qolishga harakat qilishi bilan ham turgʻunlikni va degradatsiyani keltirib chiqaradi.

Osiyocha ishlab chiqarish usuli turli shakllarda amal qilib keldi. U uchun tarixiy jarayonning evo-lyutsion yoʻli xarakterlidir. Bu tendensiya anʼanalarning kuchliligi b-n mu-stahkamlangan boʻlib, xalqning diniy-axloqiy hayotiga asoslanadi. Maʼmuriy-buyruqbozlik tizimi bilan Osiyocha ishlab chiqarish usuli oʻrtasida oʻzaro bogʻliklik boʻlib, uning muhim belgisi davlatning xoʻjalik me-xanizmini boshqarishida namoyon boʻldi. Sobik, SSSR da i. ch. ning barcha omillari, shu jumladan, yer, yer osti boyliklari, suv resurelari, barcha asosiy i. ch. fondlarining 90% ga yaqini davlatga tegishli boʻlib, ular partokratiya, sovet nomenklaturam!, sotsoligarxiya deb nomlangan bir guruh shaxslar tomonidan boshqarilar edi. Bundam boshqarish Oʻzbekistonda bir qancha salbiy oqibatlarga olib keldi. Eng avvalo iktisodiy hayot taraqqiyotning ekstensiv omillari hisobiga shakllandi va rivojlandi. Bunda asosiy eʼtibor texnika progres-siga emas, tabiiy i. ch. kuchlariga, jumladan, tabiat resurslaridan ayovsiz foydalanishga qaratildi. 70 yil mobaynida mamlakatda yarim natural, yarim biqiq, xom ashyo tarmoklariga asoslangan xoʻjalik turi vujudga keldi.

Nurislom Toʻxliyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x