ONSAGER

ONSAGER (Onsager) Lare (1903.27.11, Kristianiya, hoz. Oslo — 1976.5.10, Koral-Geybls, Florida) — amerikalik fizik va fizik-kimyogar, AQSH Milliy FA aʼzosi (1947-y. dan). Tronxeymdagi Oliy texnika maktabini tu-gatgan (1925), AQSH ga kuchib kelganidan boshlab (1928) u yerdagi un-tlarda, 1933-y. dan boshlab Iel un-tida ishlagan (1945-y. dan prof). Ilmiy ishlari elektrolitlar nazariyasi, qaytmas jarayonlar nazariyasi, fazaviy oʻtishlar nazariyasi, kvant suyukliklar dinamikasiga oid. Eritmaning elektr oʻtkazuvchanligini uning konsentratsiyasi bilan bogʻlovchi tenglama (Onsager tenglamasi) ni keltirib chiqargan (1926); kinetik koeffitsiyentlarning simmetriklik prinsipi (Onsager teorema-si)ni kashf etgan (1931). Nobel mu-kofoti laureati (1968).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x