OMSK

OMSK — RF Omsk viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Om daryosi Irtishga quyiladigan yerda. Yirik port va t. y. tuguni. Aeroport bor. Aholisi 1159,2 ming kishi (1998). Omsk aholisining soni va maydoni jihatdan Sibirda 2-oʻrinda turadi (Novosibirskdan keyin). 7 shahar tumani bor. Mashinasozlik (q. x. mashinalari, elektr priborlari va b.), neftni qayta ishlash va neft kimyosi (shina, texnik rezina, plastmassa va b. mahsulotlar i. ch.), yengil, oziq-ovqat, yogʻochsozlik sanoat korxonalari bor. 4 teatr, tari-xiy va adabiyot, tasviriy sanʼat mu-zeylari mavjud. 1716-y. da Sibirni egallash uchun tayanch punkti sifatida qurilgan. 1782-y. gacha Om ostrogi, 1782—97 y. larda va 1804-y. dan shahar. Sibir kazak qoʻshinlari (1808—1917), Gʻarbiy Sibir (1824—82) va Choʻl general-gubernatorliklari (1882—1917) markazi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x