OLTIARIQ

OLTIARIQFargʻona viloyati Oltiariq tumanitsagi shaharcha (1980-y. dan). Tuman markazi. 470 m balandlikda. Viloyat markazi (Fargʻona sh.) dan 36 km, yaqin t. y. stansiyasi — Oltiariq (6 km). Aholisi 11 ming kishi (2003), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, uygʻur, tatar, ozarbayjon va b. millat vakillari xam yashaydi. Oltiariqdan Margʻilon—Qoʻqon, Vodil—Uchuy avtomagistrallari oʻtgan. Aholi orasidagi rivoyatda shaharchaning qad. nomi Laylakxona yoki Laklakxona (ahrli zich joylashgan yer maʼnosida) boʻlgan deyiladi. Oltiariqsoy Qapchigʻay darasida 6 qishloq (Povulgʻon, Polosoy, Laylakxona, Yangiqoʻrgʻon, Joʻra va Kitkon) ariqlariga boʻlingan. Oltiariq nomi shundan kelib chiqqan va keyinroq shaharcha va tuman nomigaoʻtgan. Xonlikdavrida (18 — 19-a. lar) Oltiariq Margʻilon viloyati Oltiariq bekligining markazi boʻlgan.

Oltiariqning Bugʻdoychi mahallasida oʻtmishda xonlarning Kichik Oʻrda deb nomlangan yozgi qarorgohi joylashgan (hoz. Oʻrdaning paxsa devori krldiklari saklangan).

Shaharchada tuman hokimiyati bino-si, maʼmuriy idoralar, 50 dan ziyod sanoat, transport, aloka, qurilish korxonalari va b. muassasalar bor. «Paxta-bank», «Asakabank», Xalq banki, dehqon bozori, 3 umumiy taʼlim maktabi, madaniyat saroyi, 3 jamoat kutubxonasi, tuman tarixi muzeyi, tennis korti, markaziy kasalxona, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi. «Motamsaro ona» haykali oʻrnatilgan markaziy xiyo-bon, Mustaqillik maydoni mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x