OVOZSIZ KINO

OVOZSIZ KINO — kinematografning dastlabki rivojlanish davridagi nomi. Ovozsiz kino davrida filmningtuzilish xususiyatlari, oʻziga xos estetik jihatlari belgilandi. Badiiy filmlar mazmuni va vokealarning rivojlanib borish holati soʻzsiz — faqat tasvir yordamida ochib berilardi. Dastlabki rivojlanish davridagi oʻziga xosligi uning aktyor ijrosi bilan boglik, ifoda vositalari boʻlib, kadr ta-giga voqeani tushuntirib beruvchi yozuvlar yozib borilgan. Asosiy ifoda vositalari 20-a. ning 20-y. larida kino sanʼati asoslari (kinematografik rejalar, suratga olish rakurslari, montajning almashinib turishi, yaxlit asar yaratish, unga loyiq talqin topish va b.) ga suyangan holda ishlab chiqildi. Birinchi ovozsiz filmlar rej. lari fransuz aka-uka Lyumyerlar (hujjatli) va J. Melyes (fantastik ertak) jahon kinosining bosh yoʻnalishini belgilab berdi. Ovozsiz kinoni fransuz «avangard»lari, nemis ekspressionizm vakillari, shuningdek, D. Griffit, Ch. Chaplin, R. Flaerti kabi amerika kinorej. lari olib bordilar. A. Nilsen, B. Kiton, M. Linder, Ch. Chaplin, M. Pikford va b. O. k. ning yetakchi ak-tyorlari boʻldi.

Oʻzbekistonda Ovozsiz kino davri 1925—35 y. larni oʻz ichiga oladi. «Soyabon arava», «Ravot qashqirlari», «Ikkinchi xotin», «Yuksalish» va b. dastlabki ovozsiz filmlardir. S. Xoʻjayev, E. Hamroyev, N. Gʻaniyev, K. Yormatov, R. Pirmuhamedov, Y. Aʼzamov, Z. Shoki-rova, M. Jaʼfarova kabi sanʼatkorlar Ovozsiz kino davrida milliy kinoning shakllanishida muhim rol oʻynaganlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x