ABULXAYRXON

ABULXAYRXON (1693-1748) — Kichik juz xoni. Abulxayrxon 1720-y. larda qozoqlarning jungʻar (moʻgʻul-qalmoq) bosqinchilariga qarshi kurashiga boshchilik qilgan. 1731-y. da Abulxayrxon qozoq zodagonlarining bir qismi b-n oʻzlarining Rossiyaga tobe boʻlishga tayyor ekanliklarini maʼlum qildi. Koʻpchilik qozoq sultonlarining A. siyosatiga qarshi muxolifatda boʻlishlari natijasida A. ning rejasi amalga oshmadi. Abulxayrxon chingiziy Baroq sulton tomonidan oʻldirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x