ABU MUSLIM

ABU MUSLIM (laqabi; boshqa laqablari Abo Muslim, Abu Muslim Xurosoniy, Abu Muslim Marvaziy; asl ismi Abdurrahmon ibn Muslim) (taxm. 727 — 755) — Xuroson va Movarounnahrda umaviylar sulolasiga qarshi harakat (q. Abu Muslim harakati) rahbari. 747-y. umaviylarga qarshi tayyorlanayotgan harakatga rahbarlik qilish uchun Marv vohasiga joʻnatilgan. U gʻalaba qozonib, xalifalik abbosiylar kuliga oʻtgach (750), Xuroson voliysi. A. M. Xuroson va Movarounnahrni obod etish borasida birmuncha ishlar qiladi. Jumladan, Samarqand rabodi quriladi, Buxoroning jan.-sharqay qismini sugʻoruvchi Abu Muslim kanali qaziladi. Abu Muslim xalqorasidagi taʼsiri, obroʻ-eʼtibori oshib ketganligi, Xurosonni mustaqil idora etishga urinayotgani boisidan xalifa Mansur buyrugʻi bilan oʻldirildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x