REFRAKTOR

REFRAKTOR — obyektivi linzali boʻlgan teleskop. Osmon yoritqichlaridan kelayotgan nurlar Refraktor obyektividan sinib oʻtib, uning fokus masofasida tasvir hosil qiladi. Birinchi marta G. Galiley 1609-y. da astronomiyada qoʻllagan. Refraktorning vizual va fotografik xillari bor. Vizual Refraktor obyektiv va okulyardan tuzilgan. Fotografik Refraktor (astrograf ham deyiladi) katta fotoapparatdan iborat boʻlib, uning fokal tekisligiga fotoplastinkali kasseta oʻrnatiladi.

Refraktorning obyektivida kamida 2 ta linza — biri (musbat) yengil va optik zichligi kam shisha — krondan, ikkinchisi (manfiy) ogʻir shisha (flint)dan yasalgan linza boʻladi. Bunda bir yoʻla Refraktorda boʻladigan xromatik va sferik aberratsiyalar kamaytiriladi. Obyektivi ikki linzali Refraktorda komani ham toʻgʻrilash mumkin, lekin astigmatizm va maydon egriligini tuzatish mumkin emas, chunki uning koʻrish maydoni burchagi (gradus)dan ortmaydi, bunda D — obyektiv diametri (mm da). Qoldiq sferik aberratsiyaning toʻlqin uzunligiga bogʻlikligi tufayli yulduz tasviri atrofida radiusi tax. 40» boʻlgan binafsha gardish hosil boʻladi (odatda, foydalaniladigan Refraktorda teshik nisbati 1:15 boʻlganda). Xromatik aberratsiyaning kattalashishini kamaytirish uchun Refraktor obyektiv linzalari bir-biriga yopishtiriladi.

Refraktorda sifatli tasvir hosil qilish uchun maxsus shishalar ishlatiladi va linzalar soni koʻpaytiriladi. Kichik Refraktor larda obyektivlarga linzalar yopishtirilib, oq dogʻ (qoʻshimcha tasvir) va yorugʻlik kamayishi qisqartiriladi. Dunyoda eng katta R. Yerks astronomik rasadxonasida (AQSH, Ј)=1,02 m) oʻrnatilgan. Refraktor vizual, fotografik, kamdankam spektral yoki fotoelektrik kuzatishlarda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x