ABDIBERUN XONAQOHI

ABDIBERUN XONAQOHISamarqand qalʼa devorining jan. (berun — tashqari)da joylashgan meʼmoriy majmua. Koʻhna qabr yoniga toqu ravoqli xonaqohmasjid (15 – a.), oʻrtasiga jamoatxona, atrof burchaklarga hujra va zinalar qurilgan. Qoʻsh qavat sirkor gumbaz, poygumbaz va devorlar sirkor gʻishtlar va koshinkor naqshlar bilan bezatilgan. Jamoatxonaning uch tomonidan eshik ochilgan. Mehrob esa oddiy, xonaqoh xushbichim, sodda va fayzli ziyoratgoh, uning shim. yonboshida avliyo mozori bor. Katta hovli sahnida sufa, hovuz va darvozaxona koʻzga tashlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x