RUDZUTAK Yan Ernestovich [1887.3 (15).8, Kurlyandiya guberniyasi Goldingensk uyezdi (hoz. Latviya) — 1938.28.7, Moskva] — Turkistonda bolshevikcha rejimni mustahkamlashda qatnashgan sovet siyosatchilaridan biri. RKP (b) MK Turkbyuro raisi (1921-y. mart — okt.), (RKPb) MK Oʻrta Osiyo byurosi raisi (192223), (RKPb) MK kotibi (1923-y. apr. — 1924-y. may). G. K. Orjonikidze b-n birgalikda Turkbyuro oʻrnida Oʻrta Osiyo byurosi (Sredazbyuro) tuzilishining tashabbuskori. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) hukumati tarkibidan milliy rahbar xodimlarni chiqargan va Buxorodan surgun qiddirgan (1923-y. iyun). BXSR va XXSR ni sovetlashtirish jarayoniga rahbarlik qilgan. Keyinchalik SSSR temir yoʻllar xalq komissari (192430), SSSR XKS hamda SSSR Mehnat va mudofaa kengashi raisining oʻrinbosari (1926—37). Sovet rejimiga sadoqat bilan xizmat qilsa ham qamoqqa olingan (1937-y. 24-may) va otib tashlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые