ABADIY DVIGATEL

ABADIY DVIGATEL (lot. Perpetuum mobile) — bir marta harakatga solib yuborilgandan keyin cheksiz uzoq vaqt oʻz-oʻzidan ish bajara oladi, deb faraz qilingan mashina. Energiyaning saqlanish qonuni kashf etilmasdan oldin asrlar davomida odamlar sarflangan energiyadan koʻproq ish bajarishga imkon beradigan mashinani yaratishga urinib keldilar. Bunday mashinaga hatto «Abadiy dvigatel» deb nom ham berilgan. Abadiy dvigatelning turli-tuman loyihalari taklif qilingan, lekin Abadiy dvigatel qurish mumkin ekanligini tabiatning asosiy qonunlari uzil-kesil inkor qiladi. Tashqaridan energiya olmay, oʻzoʻzidan ish bajara oluvchi mashina shartli ravishda birinchi tur A. d. deyiladi. Energiyaning saqlanish va bir turdan ikkinchi turga aylanish qonuniga asosan har qanday ish faqat energiya hisobiga bajariladi. Shuning uchun bunday Abadiy dvigatelning boʻlishi mumkin emas. Taklif qilingan koʻpchilik Abadiy dvigatel loyihalarida ogʻirlik kuchi taʼsiriga umid qilinadi. Shunday loyiqalardan biri 14-betdagi rasmda koʻrsatilgan. Unda zalvar massa (zoldir) berk yoʻlda harakatlanadi. Bunda zoldir pastga tushganda uni yukrriga koʻtarish uchun sarflangan ish miqdoriga teng ish qaytadi. Shuning uchun bunday mexanizm sarflangan dastlabki energiya zaxirasi hisobiga ishlaydi. Bu zaxira tugagach, mexanizm ham toʻxtaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x