RISBERMA

RISBERMA (gollandcha rijs — chiviq va berm — doʻng) — kanal yoki daryo oʻzanining suv ayirgichdan keyingi mustahkamlangan suv oʻtkazadigan qismi. Bevosita suv oʻzanini yuvilib ketishdan asraydi, kuchli suv oqimini kuchsizlantiradi, uning tezligini pasaytiradi va bir maromda tutib turadi. Risbermaning suv ayirgichga taqalib turadigan qismi beton va temirbeton plitalardan qilinib, egiluvchan armatura bilan biriktiriladi, shuningdek, ichiga shagʻal toʻldirilgan sim toʻrlardan ham qilinadi. Risbermaning orqa qismi gabion, shoxshabba, tosh uyumi va b. vositalar bilan mahkamlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x