AHMAD MIDHAT

AHMAD MIDHAT (1844 – 1913) — turk yozuvchisi, maʼrifatparvar. Turk adabiyotida kichik hikoya va romanchilik asoschisi. Ilk hikoyalar toʻplami («Qissadan hissa») 1870-y. da bosilgan. Bagʻdodda (1868), Istanbulda (1871) bosmaxona tashkil etib, gaz. va jur. lar chikargan. Tarix, falsafa, din, jugʻrofiyaga oid asarlar yozgan. «Dunyoga ikkinchi kelish» (1874), «Hasan Malloh» (1874), «Husayn Falloh» (1875), «Parijda bir turk» (1876), «Raqqosa» (1877), «Yosh turk» (1908) kabi asarlar muallifi. Ahmad Midhat fransuz yozuvchilari asarlarini turk tiliga tarjima qilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x