AESIY

AESIY Flaviy (taxm. 390-454. 21.9, Rim) — sarkarda, Gʻarbiy Rim imperiyasining soʻnggi himoyachilaridan biri. 425-y. A. gunn jangchilari koʻmagida Gʻarbiy Rim imperiyasining oliy rahbarlik lavozimlarini egallashga erishgan: bir necha bor konsul etib saylangan, patritsiy unvonini olgan. Aesiyning mavqeini pasaytirish maqsadida imperatritsa Galla Platsidiya Afrikadagi qoʻshinlar qoʻmondoni Bonifatsiyni Italiyaga chaqirtirib olgan. Shunga qaramasdan 432-y. A. imperiya qoʻshinlari bosh qoʻmondoni lavo-zimini egallagan. 450-y. gunnlar bilan Aesiyning yaxshi munosabatlari buzilgan. 451-y. Katalaun jangida Aesiy boshchiligida germanlar va alanlardan tashkil topgan qoʻshin vestgotlar koʻmagida Attila qoʻmondonligi ostidagi gunnlar ustidan galaba qozongan. Aesiy imperatorning qizi Yevdokiyani oʻgʻliga olib bsrishga harakat qilgani uchun imperator Valentinian 111 tomonidan Palatin tepaligidagi qabul marosimida oʻldirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x