ROʻZIYEV Sobirjon Sobitovich

ROʻZIYEV Sobirjon Sobitovich (1953.15.6, Qirgʻiziston, Moskva tumani) — qilichboz, xizmat koʻrsatgan sportchi (1978). Qilichbozlikning rapira turi boʻyicha 3 karra jahon chempioni (1974, Grenobl; 1979, Melburn; 1981, KlermonFerran), 3-marta jahon kubogi gʻolibi (1974, 1975, 1977, Bonn), 2-marta Jovanini kubogida gʻolib chiqqan (1974, Bolonya; 1979. Venetsiya), olimpiada kumush medali sovrindori (1980, Moskva). R. Oʻzbekiston jismoniy tarbiya in-tini (1975), ToshDUning yuridik f-tini (1986) tugatgan. Qurolli Kuchlar xarbiy xizmatchisi (1974 —92). OʻzR Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi raisi (1992—95), OʻzR Milliy olimpiada qoʻmitasi prezidenti (1995—2003). Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi prezidenti (2003-y. dan). R. Xalqaro Olimpiada qoʻmitasining kumush ordeni (1998), Milliy Olimpiada qoʻmitalari assotsiatsiyasi oltin ordeni (2002) bilan mukofotlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x