ROGʻIB

ROGʻIB (taxallusi; asli ismsharifi Muhammad Rahim Shokir oʻgʻli) (1865 — Xorazm viloyati Urganch tumani Qorovul qishlogʻi — 1935) — shoir. Navoiy, Hofiz, Munis, Ogahiy, Komil kabi shoirlar ijodini oʻrgangan, gʻazallariga muxammaslar bogʻlagan. Sheʼriyatdagi isteʼdodini koʻrgan Feruz uni saroyga taklif qilgan. U yerda Bayoniy, Avaz, Chokar va b. shoirlar bilan tanishgan, ijodiy muloqotda boʻlgan. Saroydagi mushoiralarda katnashgan. Feruzning amri bilan sheʼrlarini toʻplab devon tuzgan, «Devoni Rogʻib» nomida nashr etilgan. Feruz vafot etgach (1910), saroydan oʻz qishlogʻiga qaytib, dehqonchilik bilan shugʻullangan. Xorazm inqilobidan soʻng maorif muassasalarida ishlagan.

Rogʻib lirik va hajviy sheʼrlar yozgan. Lirikasida ishq-muhabbat, doʻstlik, maʼrifatparvarlik gʻoyalarini targʻib kilgan, onaVatan tabiati goʻzalliklarini madh etgan («Tanbur», «Bogʻ», «Xivaq», «Oʻlsun» va b.). Oʻzi tuzgan devoni (1899, 1221 gʻazal, 33 muxammas, 6 tarjeʼband, 36 ruboiy, 12 qita va bir necha masnaviy, mustazoddan iborat) hamda turli bayozlarga kirgan sheʼrlari yetib kelgan. Devonning qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston FA Sharkshunoslik in-ti fondida (inv. №6681) va Xiva tarix muzeyi (inv. №2038)da saqlanadi.

Ad.: Asrlar nidosi, T., 1982; Qayumov P. D., Tazkirai Qayyumiy, 2daftar, T., 1998.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x