JUMA MASJID

JUMA MASJID, Xiva juma macjidi — Xiva (Xorazm)dagi meʼmoriy yodgorlik (10—18-a. lar). Ichan qalʼanmnt markaziy qismida Oma darvoza va Polvon darvozalarnn birlashtiruvchi koʻchada joylashgan. Juma masjid hakidagi ilk maʼlumot 10-a. da Xorazmga kelgan arab sayyohlari al-Muqaddasiy (Maqdisiy) va al-Istaxriy yozmalarida uchraydi. Manbalarga koʻra, Juma masjidning dastlabki binosi buzilib ketgan va oʻrniga Abdurahmon Mehtar buyrugʻiga binoan xuddi shu usulda kattaroq yangi masjid qurilgan (1788). Masjid oʻziga xos tarhi va hajmi bilan ajralib turgan. Bir qavatli boʻlib, atrofi gʻishtin devor b-n oʻralgan. Uning boshqa masjidlardan farqi qad. arab meʼmorligiga xos uslubda (yopiq, koʻp ustunli hamda hovlisiz qilib) qurilganligidadir. Unda ayvonlar bilan oʻralgan hovli ham, ulkan peshtoq ham, gumbazli xonalar ham yoʻq. Xonaqoh ichi shipdagi ikki tuynuk orqali yoritiladi. Tomi yassi, toʻsinli, shipini 212 ustun koʻtarib turadi. Ustunlar 17 qatorli, oraligʻi 3,15×3,15 m. Mehrobi jan. devor markazida joylashgan. Tashqi devorlari oddiy bezaksiz. Bosh tarzidagi eshik yogʻoch oʻymakorligida ishlangan noyob namuna hisoblanadi. Ichki bezaklari sodda ganch suvoq qilingan. Mehrob ravogʻida iroqi muqarnas va koʻk rangli boʻyama naqsh (18-a. ga oid) saqlangan. Ustunlar masjid tuzilishining asosini tashkil etish bilan birga uning badiiy bezagi hamdir. Ular oʻziga xos mutanosiblik va koʻrinishga ega. 212 ustundan 10—14-a. larga oid 25 ustun eng qad. si boʻlib, tuzilishida bir qancha uslub namunalari bor. 10—11-asrlarga oid 4 ustun chuqur boʻrtma naqshli, kufiy xati islimiy naqsh bilan uygʻunlashgan. Unda faqih Abul Fadal Muhammad Laysi farmoni b-n qurilgani yozilgan. 11 — 12-a. larga oid 17 ustun nisbatan sayoz oʻyilgan, undagi handasiy naqshlar oraligʻi uslublashtirilgan, nabotiy shakllar bilan toʻldirilgan, yozuvlari kufiy xatida bitilgan (yaxshi saqlanmagan) 15-a. ga oid 3 ustun islimiy, girih naqshlar va nasx xatida hoshiya qilib terilgan. Bu uslubdagi oʻymakorlik bezaklari mehrob yaqinidagi yogʻoch taxtachalarda va eshik tabaqalarida uchraydi. Ustunlarning birida mil. 1510-y. saqlangan. Ular mehrob yaqinidagi marmar taxtalar bilan bir vaqtda oʻrnatilgan boʻlishi mumkin. Kichik marmar taxtada 1666-y., ikkinchi marmar taxta yozuvidagi vaqfnomada vazir Abdurahmon amri bilan Quyuqtom va Bekobod qishloqlarida masjidga vaqf yerlari ajratilganligi va daromadni xayr-ehsonga hamda masjid zaruriyatiga sarf qilish lozimligi yozilgan (1788—89). Qolgan ustunlar Xorazmdagi turli binolardan yigʻib keltirilgan. Uzunlari masjid qurilishiga moslab qirqilgan, kaltaroqlari murabba shakldagi tosh poyustun ustiga koʻzagi va kallaklar ishlanib oʻrnatilgan. Hamma ustunlar muayyan mujassamot asosida joylashtirilgan. Macjid yonidagi minora 17-a. da qulab tushgan, 18-a. da mayda pishiq gʻishtdan qayta tiklangan. Minora yuqoriga tomon ingichkalashib boradi. Tepasiga sharafa va gʻishtdan dandana xoshiya belbogʻlar ishlangan. Juma masjid bir necha bor taʼmirlangan. Oxirgi taʼmiri 1990-y. da Xivaning 2500-yilligi arafasida bajarilgan.

Umumiy oʻlchamlari: masjid — 55×46 m, minora bal. 42 m.

Ad.: Mankovskaya L., Bulatova V., Pamyatniki zodchestva Xorezma, T., 1978.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x