AFSONAK

AFSONAK (Thermopsis) — burchoqdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Asosan Osiyo va Shim. Amerikada oʻsadi. Koʻpchiligi zaharli. Baʼzi turlari ekinlar orasida oʻsadi. Oʻrta Osiyoda bu turkumning 3 turi boʻlib, Oʻzbekistonda tarqalgan Th. dolichocarpa va Th. alternifl ora nomli turlarining barglari uch yaproqli, poyasi tuqdor; gullari sariq shingil toʻpgulga yigʻilgan, kosachasi yotiq tukli; dukkaklari tasmasimon choʻziq, bir oz buqilgan, tukdor. Urugʻlari jigarrang, baʼzan koʻkimtir. Yozda gullaydi. Afsonakning baʼzi turlaridan tibbiyotda balgʻam koʻchiruvchi va nafas markazini qoʻzgʻatuvchi dori sifatida foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x