AALTONEN

AALTONEN (Aaltonen) Vyaynyo Valdemar (1894.8.3, Martilla — 1966.30.5, Xelsinki) — fin haykaltaroshi. Psixologik portretlar («Ya. Sibelius», marmar, 1935, Sibelius uy-muzeyida), haykallar («Qizlar» turkumi, granit, 1917—41) muallifi; monumental va bezak haykallar ustasi (A. Kivi haykali, bronza, 1932—34, Xelsinki; monumentlar — «Doʻstlik», bronza, 1952; «Tinchlik», granit, 1950—52; Laxtida, Tinchlik Oltin medali, 1953 va b.). Shuningdek u rassom va medal yasash ustasi sifatida ham ijod qilgan. Aaltonen ijodi insonparvarligi, gʻoyadagi tuygʻu-ruhiyatning anikligi bilan ajralib turadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x