REPIN Ilya Yefimovich

REPIN Ilya Yefimovich [1844.24.7 (5.8), Chuguyev, hoz. Xarkov viloyati — 1930.29.9, Kuokkala, Finlyandiya, hoz. Leningrad viloyatidagi Repino] — rus rassomi, 19-a. realistik sanʼatining yirik namoyandasi. Peterburg BAda oʻqigan (1864—71; 1894—1907-y. lar dare bergan, 1898—99 y. lar rektor). Rossiya boʻylab va chet ellarga bir necha bor sayohat qilgan. 1878-y. dan peredvijniklar safida. Repinga oʻqish davrida I. Kramskoy, tanqidchi V. Stasovlar kuchli taʼsir koʻrsatgan; inqilobiy demokratlar estetikasi bilan tanishgan Repin uning ongli tarafdorlaridan biriga aylandi. Repin ijodi oʻzining xalqchilligi, insonparvarligi yuksak gʻoyaviyligi va mahorati b-n ajralib turadi. Repin dagi kuzatuvchanlik va joʻshqinlik, holat, imoishoralardan obrazlarning x,issiy tasvirlashda moqirona qoʻllash uning asarlarida koʻzga tashlanadi. Koʻp qirrali ijodi (portret, janrli va tarixiy kartinalar, ofort, litografiya, kichik rasmlar)da oʻz davrining qarama-qarshiliklaushi aks ettirdi, xalqning mashaqqatli turmushi, qudratini tasvirladi: «Burlaklar Volga boʻyida» (1870—73, Rus muzeyida), «Tavbadan bosh tortish» (1879—85) va «Kutmagandilar» (1884 — har ikkalasi ham Tretyakov galereyasida); «Zaporojyeliklar turk sultoniga xat yozishmoqda» (1878—91), «Malika Sofya» (1879), «Ivan Grozniy va uning oʻgʻli Ivan» (1885) kabi asarlarida tarixiy voqealar taʼsirchan ifodalangan; portretlarvda jamiyatdagi turli kishilarning kuchli ijtimoiy va psixologik xarakteristikasi, yorqin tipik obrazlari yaratilgan: «V. Stasov» (1873), «A. F. Pisemskiy» (1880), «M. P. Musorgskiy» (1881), «L. N. Tolstoy» (1887), «I. P. Pavlov» (1924) va b. Shuningdek, Repinning kjsak mahorati grafikada ham namoyon boʻldi («Qizaloq Ada», 1882; «Neva prospekta», 1887 va b.), rassom qalami naturani uning bor jozibasi bilan bera olgan. Repin memorial muzeyi bor (1940). Sankt-Peterburgdagi Rassomlik, haykaltaroshlik va meʼmorlik in-tiga Repin nomi berilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x