REZEKNE (1893-y. gacha Rozitten, 1920-y. gacha Rejitsa) — Latviyadagi shahar (1773-y. dan). Rezekne daryosi boʻyida. Riga—Moskva va Sankt-Peterburg— Varshava yoʻnalishlaridagi t. y. liniyalar tuguni. Aholisi 39,5 ming kishi (2000). Sutkonserva, sabzavotmeva va goʻsht ktlari, sigir sogʻish moslamalari, qurilish asboblari, temirbeton konstruksiyalar, aralash yem va zigʻir tola zdlari ishlab turibdi. Amaliy sanʼat va musiqa bilim yurtlari, oʻlkashunoslik muzeyi bor. R. 1285-y. dan maʼlum.
Loading…