RIFEY

RIFEY (lot. Ri phaei montes — Rifey togʻlari; qad. geograflar Ural togʻlarini baʼzan shunday ataganlar) — kechki pjembriyga mansub yirik stratigrafik boʻlinma. Geologik yoshi 1650— 570 mln. yil boʻlgan, kam oʻzgarishga uchragan togʻ jinslaridan iborat; kembriy davri [q. Kembriy sistemasi (davri)] b-nalmashgan. Rifey 1945-y. rus geologi N. S. Shatskiy tomonidan Jan. Uralda aniqlangan. Taxm. yuqori proterozoy (q. Proterozoy «guruhi») ga muvofiq keladi. Rifey tarkibida 4 ta boʻlinma mavjud: quyi, oʻrta, yuqori va vend. Soʻnggi boʻlinmaga mustaqil majmua sifatida qaraladi va koʻpincha terminal Rifey, yoki vendomi deb ataladi. Shu 4 boʻlinmaning har biri tarkibida Rifey yotqiziklarini boʻlimlarga ajratish va korrelyatsiya qilishda asos boʻladigan koʻkyashil suvoʻtlar qoldiklari (stromatolitlar)ning oʻziga xos majmuini koʻrish mumkin.

Rifeyning dengiz va quruqlikdagi yotqiziklari barcha materikda tarqalgan. Platformalar Rifeyda paleozoydagiga nisbatan kichiroq maydonni egallagan. Ular yassi quruqlikdan iborat boʻlib, ustidagi qad. jinslar yuvilib ketgan. Nuragan jinslar esa bukilmalarda toʻplana borgan. Geosinklinal sistemalarning tashqi bukilmalarida qumtoshli jinslar bilan birga gilli karbonatli, baʼzan flish (Tyanshanda) yotqiziklari vujudga kelgan. Okean tubidagi Yer pusti ichki bukilmalarida suv osti vulkan mahsulotlari yigʻilgan. Rifey oxirida keng maydonlarda motsslar yotqizilgan. Rifeyda arid (quruq) ikdim boʻlganligi uchun qizil yotqiziqlar toʻplangan. Biroq yuqori Rifeyning 2-yarmida va terminal Rifeyda koʻp oʻlkalarda muzlik yotqiziklari uchraydi.

Rifeyning kabonatli jinslarida koʻplab stromatolitlar mavjud. Qatlamlarni ajratishda mikrofitolitlar muhim ahamiyatga ega. Rifey choʻkindilarida stratigrafik ahamiyatga ega boʻlgan akritarxlar mavjud. Rifeyda umurtqasizlarning dastlabki tiplari paydo boʻlib, erta paleozoyda ravnaq topgan. Rifeyning yuqori qismida skeletsiz koʻp hujayrali hayvonlar uchraydi. Halqali chuvalchanglar yaxshi namoyon boʻlgan.

Foydali qazilmalardan Rifey choʻkindilarida temir rudasi, fosforitlar, ayrim joylarda qoʻrgʻoshinrux, Ekvatorial Afrikada mis, kobalt va uran rudalari mavjud. Sibir platformasida terminal Rifeyda gazkondensatlar va neft uyumlari aniqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x