DANDARIYLAR

DANDARIYLAR — mil. av. 1-ming yillikda Kubanning quyi havzasi va Azov dengizining jan.-sharqiy qirgʻogʻida yashovchi meot qabilalari guruhining eroniycha nomi. Dastlab Gekatey (mil. av. 6-a.), keyin Strabon, Plutarx tomonidan aytib oʻtilgan. Grek yozuvlaridan ham maʼlum. Mil. av. 4-a. dan Bospor podsholigi tarkibida. Dandariylarning markazi — Coca sh. D. jasur yoʻlboshchilari Olfak boshchiligida Mitridatning Rimga qarshi kurashida (mil. av. 74—63) uni qoʻllabquvvatlashgan. Dandariylarning keyingi taqdiri nomaʼlum. Sarmatlar bilan aralashib ketgan boʻlishlari ehtimoldan xoli emas.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x