QORAXITOYLAR DAVLATI

QORAXITOYLAR DAVLATI — oʻrta asrlarda Sharqiy Turkiston, Ili va Chu vodiysi, Yettisuv va Oʻrta Osiyoda mavjud boʻlgan davlat (taxm. 1140 — 1213). Poytaxti — Chu daryosi boʻyida joylashgan Xusi-orda (Bolasogʻun). Asoschisi — Yelyuy Dashi. U 1124-y. gurxon unvonini qabul qilgan. 1125-y. kidonlar saltanati chjurchjenlar tomonidan tor-mor etilgach, bir guruh tarafdorlari bilan Shim. ga qochgan. turli qabila jangchilari bilan oʻz qoʻshi-nini toʻldirib Gʻarbga yoʻl olgan va ilgari bu oʻlkalarga kelib joylashgan kidanlar yordamida butun Turkistonni bosib olgan (1141). Gurxonlar kidanlarga taqlidan tangalar zarb etdirganlar, lekin mamlakatning iqtisodiyoti va ichki ishlariga kam aralashganlar, ular faqat vas-sallaridan (Balx, Xorazm, Xoʻtan, Gaochan va b.) soliq olish bilan kifo-yalanganlar. Qoraxitoylar davlatini 2-marta ayollar idora etgan. Qoraxitoylar davlati Amudaryo va Balxash koʻlidan Kunlun va Beyshan togʻlariga qadar hududni egallagan. Qoraxitoylar davlatining qulashi moʻgʻullar tomonidan Sharqiy Turkistonni bosib olinishi va 1208-y. ulardan qochgan nay-manlarning kelishi va 1211-y. Gurxonning asir olinishi (2 y. dan soʻng vafot etgan) bilan bogʻliq boʻlgan. 1218-y. naymanlar Chingizxon tomonidan boʻysundirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x