ATEKATLAR

ATEKATLAR, antomeduzalar (Athecata) — dengiz gidropoliplari turkumi. Koloniya boʻlib yashaydi. Koloniyasi butaga oʻxshash, suv tubini, chigʻanoqlar, suv oʻtlari va suv ostidagi boshqa narsalarni qoplab oladi. Atekatlar koloniyasidagi ayrim individlarning himoya gʻilofi — gidrotekasi boʻlmaydi. Atekatlar juda mayda (1 mm gacha), ayrim vakillari (Tubularia urugʻi) bir necha sm dan 70 sm gacha, baʼzan 2,3 m gacha (Branchiocerianthus imperator) boʻladi. Meduzalari juda mayda (soyabonining diametri 5 mm dan 3 sm gacha). Polip davrida kurtaklanib koʻpayadi. Meduzalari ayrim jinsli, jinsiy hujay-ralari ogʻiz paypaslagichlari ektodermasidan hosil boʻladi. 200 ga yaqin turi maʼlum, ochiq dengizlarda uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x