«QIZLAR SAYLI» — oʻzbeklarda Navroʻz (hamal) oyi oxirlarida oʻtkaziladigan qad. marosim. Fargʻona vodiysi, Toshkent, Jizzax va b. viloyatlarda udum boʻlgan. Asosan, qizjuvonlar qatnashgan. «Qizlar sayli s» har yili oʻrik gullab, mayiz kattaligida dovuchcha tukkan vaqtda oʻtkazilgan. Sayilga bayram liboslarida, dugonalardan birining dala-bogʻiga aravalarda chiqilgan. Qizlar oʻzlari bilan changqovuz, dutor va childirma olib, bogʻda oʻyin-kulgi uyushtirganlar, taom pishirib yeb, kechga yaqin gul terib, dovuchcha yigʻib yana aravalarda uylariga qaytganlar. «Qizlar sayli s» Fargʻona vodiysida, Toshkent viloyatining koʻpgina qishloqlarida hoz. gacha davom etib kelmoqda. Endilikda bu marosimga barcha yoshdagi ayollar ham qatnashmoqda. Faqat ayrim yerlarda (mas Qoʻqon va Namangan sh. larida) bu marosim hamon qizjuvonlar sayli boʻlib kelmoqda. Hoz. «Qizlar sayli s» koʻpgina jamoa bogʻlarida yoki dala shiyponlarida oʻtkazilmoqda.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые