QARNOB QALAY KONI

QARNOB QALAY KONISamarqand viloyati Nurobod tumanidagi kon. 1943-yilda ochilgan. 1952—58y. larmobaynida oʻzlashtirilgan. Kon Qarnob — Lapas regional yorigʻining shim. blokida joylashgan. 20 dan ortiq tik yotuvchi rudali tanalar mavjud boʻlib, ulardan 20—50 m chuqurlikkacha boʻlganlari qadimiy ruda izlovchilar tomonidan va konni keyingi oʻzlashtirish (1940—50 yillar) jarayonida qazib olingan. Rudali tanalar morfologiyasi murakkab — tikka yotuvchi tarmoqlangan tomirlardan iborat boʻlib, oʻlchami 0,3—0,5 dan 1,5—2 m gacha qalinlikda, uz. 100 dan 550 m gacha. Baʼzi zonalari 400 m chuqurlikkacha aniqlangan. Rudalanish bir tekis tarqalmagan, qalayning miqdori 0,1 dan 0,9% gacha. Qarnob qalay koni gidrotermal konlar tipiga mansub. Ruda atrofi oʻzgarishlarining asosiy tipi — berezitlanish. Rudali jismlar toʻq kulrang kvars va intensiv ravishda berezitlashgan hamda turmalin va sulfidli tomirchali maydalangan granitlardan tarkib topgan. Qarnob qalay koni rudalariga asosiy mineralkassiterit 1 mm ga yaqin jigarrang izometrik donachalar va 2—4 mm qalinlikdagi tomirchalar shaklida boʻlib, tarkibida volfram, qoʻrgʻoshin, rux, galliy elementlari bor. Kassiterit xolxol koʻrinishda, ingichka tomirchalar va alohida donalar shaklida uchraydi. Rudali jismlar tarkibida kassiterit 0,3—0,5%, galenit 0,3 — 0,5%, sfalerit 0,1—0,3%, xalkopirit 0,1—0,3%, pirit 1—2% da boʻladi. Ulardan tashqari, varlamovit, mushistonit, akantit, pirargirit, prustit, stannin, tillit, frankeit va boshqalarlardan tarkib topgan. Rudali tanalar tarkibida: qalay — 0,3— 0,4%, qoʻrgʻoshin — 0,3%, mis 0,1—0,2%, rux 0,1%, kumush 72 g/t, margimush 0,1%, surma 0,1%ni tashkil qiladi. Rudalanishning tik oʻlchami 500 m dan oshadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x