ASTRONOMIK ASBOB XATOSI

ASTRONOMIK ASBOB XATOSI — biron bir yoritqichni kuzatishda yoki kattalikni oʻlchashda asbobning nuqsoni, notoʻgʻri ishlashi va b. sabablarga koʻra kelib chiqadigan xato. Hamma vaqt kuzatish va oʻlchash natijalarini koʻpaytirib yoki kamaytirib yuboradi. Osmon jismlarini kuzatishda kelib chiqadigan xato teleskop obyektivlari va koʻzgularining turli abberatsiyalar», mikroskoplarining notoʻgʻri ishlashi va texnik nuqsonlari bilan bogʻliqdir. Bularning hammasi izchil (sistematik) xato hisoblanadi. Astrofotografiyalarni lab. larda koordinatalarni oʻlchash mashinasi, astrofotometr, astrospektrometr va h. k. yordamida oʻlchashda, asboblarni yasashda, oʻrnatish yoki notoʻgʻri ishlashida yoʻl qoʻyilgan izchil xatolar uchraydi. Xatolarning hammasi atrof muhitdagi t-ra oʻzgarishiga bogʻliq. Kuzatish va oʻlchash davrida hamma izchil xatolar tekshiriladi va hisobga olinadi. Shu b-n birga kuzatishda teleskopga bogʻliq boʻlmagan, ammo kuzatish natijalarini izchil oʻzgartiradigan refraksiyani ham hisobga olishga toʻgʻri keladi. Yuqorida aytilgan hamma xatolar hisobga olinganda ham oʻlchash natijalari hisoblab topilgan natijalarga mos tushmaydi. Bu hol oʻlchashda tasodifiy xato borligini koʻrsatadi. Tasodifiy xatoning kelib chiqishi sabablari (qoʻpol xato bundan mustasno) juda murakkab va koʻp. Oʻlchash natijalarini bunday xatodan xoli qilish uchun har bir kattalikni bir necha marta qayta oʻlchash usuli qoʻllaniladi. Tasodifiy xatolar nazariyasiga koʻra, istalgan kattalikni kup marta oʻlchash uning haqiqiy qiymatiga eng yaqin qiymatni topish imkonini beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x