QALAMCHA — oʻsimliklarni vegetativ usulda koʻpaytirish uchun kesib olingan yashil yoki kurtakli yetilgan qattiq novdacha. Qalamcha sof navli, yuqori sifatli oʻsimliklardan tayyorlanadi. Qalamchaning poya vabargli (yashil) turlari mavjud. Poya Qalamchalar, asosan, bir yillik novdalardan kuzda (mas, tok, atirgul, anor, anjir) yoki bahorda (terak) tayyorlanadi. Kuzda daraxtlar bargi toʻkilganda olingani kuzgi Q, barg chiqarganda olingani yozgi yoki yashil Qalamcha deyiladi. Terak, tok Q uzunligi 35—40 sm, diametri 2 sm (qalam yoʻgʻonligida) boʻlishi lozim. Yerga koʻmib saqlanadi, erta bahorda ochiq yerlarga ekiladi (atirgul Qlari qumga koʻmib saqlanadi). Yashil Qalamcha uchun bargli novdalardan foydalaniladi (5—10 sm), ayrim hollarda bitta kurtakli poʻstloq qismi yogʻochi bilan kesiladi. Shuningdek, payvand qilishda kurtaklar olish uchun tayyorlangan bir yillik novdalar ham Qalamcha deyiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые