YOʻLDOSHEV Muborak Saydaqulovich

YOʻLDOSHEV Muborak Saydaqulovich (1934.23.2, Chimkent sh.) — teatr rassomi, Oʻzbekiston xalq rassomi (2000). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1962; Ch. Ahmarov, M. Saidov, V. Riftinlardan taʼlim olgan). Navoiy nomidagi akademik opera va balet katta teatrida rassom (1962—64; J. Puchchinining «Floriya Toska» operasi va b.), Samarqand opera va balet teatrida bosh rassom (1964 — 72; S. Boboyevning «Yoriltosh» va «Ham-za» operalari, B. Asafyevning «Boqchasaroy favvorasi», M. Ravelning «Bolero», S. Balasanyanning «Layli va Majnun» baletlari va b. spektakllarning sahna bezaklarini yaratdi). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tida pedagog (1972—80). Yoʻldoshev ijodida tarixiy mavzu yetakchi oʻrin tutadi: «Goʻroʻgʻli, «Koʻhna Urganch», «Alpomish», «Avesto», «Xoʻja Hofiz» turkumida asarlar, «Amir Temur» triptixi va b. ; Y., shuningdek, portretlar («Kompozitor Karim hoji», «Ergash Jumanbulbul», «Pulkan shoir», «Islom shoir» va b.) mavzuli asarlar («Samarqand bozori», «Amir Temur maqbarasi» va b.), natyurmortlar («Siren» va b.) muallifi hamdir. Yoʻldoshev 1965-y. dan respublika va chet mamlakatlarda oʻtkaziladigan koʻrgazmalarda oʻz asarlari bilan faol ishtirok etadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x