RENE ALEN (1922.3.6, Vann) — fransuz kinorejissyori. «Yangi toʻlqin» (fransuz kinosidagi oqim) vakili. Oliy kino maʼlumot in-tida oʻqigan. Kinopublitsistikaning fashizmga qarshi oliy namunasi boʻlgan «Gernika», «Tun va tuman» nomli hujjatli filmlarni yaratdi. «Xirosima, muhabbatim mening», «Urush tugadi», «Oʻtgan yili Mariyenbadda», «Uyga ketishni xoxlayman» singari badiiy filmlari 6n shuhrat qozongan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые