YULGʻUN

YULGʻUN, jingʻil — yulgʻundoshlar oilasiga mansub daraxt yoki butalar turkumi. Janubiy Yevropa, Janubiy Afrikaning choʻl, chala choʻllarida va Osiyoda (Hindistongacha) 54 turi tarqalgan. Rossiyaning janubi, Kavkaz, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyoning daryo va soy boʻylarida, toʻqay oʻrmonlarida, chakalakzorlarda, koʻl va dengiz qirgʻoqlarida uchraydi. Oʻzbekistonda Androsov Yulgʻuni (T. Apdgo880Ui), jingʻil (T. 1axa), bunge Yulgʻuni (T. ʼip§ye1), egik Yulgʻun (T. Sh8ryu1a) va shahrik. 12 turi oʻsadi. Uzbekistonda 250 ming ga Yulgʻun changalzorlari bor. Butasimon Yulgʻunning boʻyi 1—3 m, daraxtsimonlariniki 6 — 8 m. Barglari mayda tangacha yoki qipiqsimon, gullari mayda oq, och pushti, binafsha rang, uzun shingilsimon toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi 3—5 pallali koʻsakcha. Yulgʻun yorugʻsevar, qurgʻoqchilikka, shoʻrxokka, zaxlikka chidamli oʻsimlik. 40—50 yilgacha yashaydi. 40,2° sovuqqa bardosh beradi. Yulgʻun yoqilgʻi, koʻchma qumlarni mustahkamlash uchun ekiladi, yogʻochidan tokarlikda va oʻymakorlik ishlarida foydalaniladi, novdasidan turli buyumlar toʻqiladi. Poʻstlogʻida boʻyovchi va oshlovchi moddalar bor. Yulgʻun yaxshi asal beruvchi oʻsimlik, baʼzi turlari manzarali. Tez oʻsadi, urugʻi, ildiz bachkisi va qalamchalaridan koʻpaytiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x