OLLOBERGANOV Rahmon Olloberganovich

OLLOBERGANOV Rahmon Olloberganovich (1910.1.1 – Xiva – 1986.15.11) — bastakor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1968). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1965). Xorazm teatrlarida sozanda, musiqa rahbari va dirijyor (1930—40), Urganch musiqa maktabi oʻqituvchisi (1940—42) va direktori (1944—62 va 1964-y. dan). 2-jahon urushi qatnashchisi (1942—44). Olloberganov «Adolat» (I. Akramov), «Maʼrifat qurbonlari» (E. Rahim), «Oshiq Gʻarib» (Yu. Yusupov; A. Otajonov bilan hamkorlikda) va b. pyesalarga, bir qancha inssenirovkalarga musiqa yozgan. «Yoshligim», «Bir kelib keting qishlogʻimizga» va b. qoʻshiklari ommaviylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x